13 avg 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Valentina SHevchenko ahmoq Cexudoga javob qaytardi
Ayollar o'rtasida engil vazn toifasida UFC chempioni Valentina SHevchenko ikki vaznda jahon chempioni Genri Cexudoga javob qaytardi.
“Bu taklifni birinchi marta eshitganimda, ochig'i kulgim keldi. Undan g'alabam bilan tabriklashini kutgandim. Hozir menda ikki raqib bor: Enjeychik va Cexudo! Men unga ehtiyotkor va kamtar bo'lishini maslahat beraman.
Aks holda, men shunday qilamanki, u o'zining oltin kamarchalaridan ayrilib qoladi. Cexudo meni umuman qo'rqitmayapti. Avval aytganimdek, kimga qarshi oktagonga ko'tarilishimning umuman ahamiyati yo'q”, - dedi SHevchenko.
Eslatib o'tamiz, kecha Genri Cexudo SHevchenkoni chempionlik jangiga chorlagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar