11 avg 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Valentina SHevchenko ikkinchi himoya jangini o'tkazdi
Hozirgina Urugvay poytaxti Montevideo shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 156 oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida engil vazn toifasida UFC chempioni, qirg'izistonlik Valentina SHevchenko davogar Liz Karmushga qarshi oktagonga ko'tarildi. Bu Valentina uchun ikkinchi himoya jangi edi.
Jang to'liq besh raund davom etdi va g'olib nomi hakamlarning bahosiga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham bir ovozdan - 50:45, 50:45, 50:45 hisobidagi g'alabani amaldagi chempionga taqdim etishdi.
Etiborlisi, bu Valentina SHevchenko uchun o'ziga xos revansh jangi edi. U 2010 yili C3 Fights liga turnirida Karmushga imkoniyatni boy bergandi. 2015 yilda UFCda debyut qilgan qirg'izistonlik chempion ushbu tashkilot bayrog'i ostidagi to'qqizinchi jangini o'tkazdi.
Havola :
Fikrlar