12 noy 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Xollaueyning raqibi malum, jang sanasi ham
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Maks Xollauey o'zining navbatdagi jangidagi raqibi nomini bilib oldi.
Aslida Maks Frenk Edgarga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qilishi kerak edi. Lekin Edgar mashg'ulot chog'ida jarohat oldi. Endi uning o'rnini sobiq jahon chempioni Joze Aldo egallaydi.
Bu Aldo uchun revansh jangi bo'ladi. Xelouey shu yilning
iyun oyida Jozeni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. Revansh jangi 2
dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Etiborga molik jihati shundaki, Aldo 16 dekabr kuni Rikardo Lamasga qarshi kechadigan jangiga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Endi Lamasning jamoasi ham ushbu sanaga yangi raqib izlashga majbur bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar