15 okt 07:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC "chiptasi" uchun oktagonga chiqqan Azamat Nuftillaev ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Biroz avval AQSHning Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada Dana Uayt davogarlar seriyasi turniri yakuniga etdi.
UFC shartnomalari o'ynalgan mazkur turnirda og'ir vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz Azamat Nuftillaev serbiyalik Yovan Lekaga qarshi oktagonga chiqdi. Jang to'liq uch raund davom etdi va uning yakunida Leka hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar (29:27, 29:28, 29:27) hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, dunyoning eng kuchli ligasi jangchisiga aylandi.
Malumot uchun, Azamat Nuftillaev bugun faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'abalari 17 taligicha qoldi, hisobida 1 ta durang ham bor. Yovan Leka bugun 11-g'alabasiga erishdi.
Umid qilamizki, Nuftillaevda hali UFC uchun imkoniyat bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar