14 jan 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/26659_220.jpg)
UFC Fight Night 124. Belfort - Xoll jangi bekor qilindi
Bugun AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 124 oqshomi o'tkazildi.
Ushbu kecha doirasida braziliyalik faxriy sportchi Vitor Belfort o'zining so'nggi xayrlashuv jangini o'tkazishi kerak edi. Lekin endi bu jang o'tkazilmaydi. Belfortning raqibi Yurayya Xoll xatto vazn o'lchash marosimiga ham kelmagan.
Malumotlarga qaraganda, jangdan uch hafta avval Xollning
sog'lig'ida muammolar ko'zga tashlana boshlangan. Yurayya yaqin do'stining bevaqt o'limidan
so'ng tushkun holatga tushib qolgan. Hozircha bu jangning kechroq muddatda o'tkazilish
yoki umuman bekor qilish haqida hech qanday malumot yo'q.
Havola :
Fikrlar