13 okt 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 161. Jang oqshomida qanday natijalar qayd etildi?
Bugun tongda Floridada UFC Fight Night 161 turniri tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida Yoanna Enjeychik hakamlar qaroriga ko'ra Mishel Uotersonni mag'lub etdi.
Turnirda tashkil etilgan janglar natijasi quyidagicha bo'ldi:
Kab Suonson (26-11) Kron Greysi (5-1) ni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi: 30-27, 30-27, 30-27.
Niko Prays (14-3) birinchi raundda Jeyms Vik (13-5) ni nokautga uchratdi.
Amanda Ribas (8-1) Makkenzi Dern (7-1) ni ochkolar evaziga mag'lub etdi: 30-27, 30-27, 30-27.
Mett Frevola (8-1-1) Luis Penyu (7-2) ni ochkolar evaziga mag'lub etdi: 28-29, 29-28, 29-28.
Erik Anders (13-4) Jerald Mirshert (29-12) ni ochkolar evaziga mag'lub etdi: 28-29, 29-28, 29-28
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar