08 avg 09:52
Yangiliklar

UFC Fight Night 174. Jangchilar taroziga chiqishdi, Liyus Oleynikdan 17 kg og'ir tosh bosdi + 36 ta surat
Bugun UFC Fight Night 174 turniri qatnashchilari ananaga ko'ra tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlarida ishtirok etishdi. Markaziy jang og'ir vazn toifasida rossiyalik Aleksey Oleynik hamda amerikalik Derrik Lyuis o'rtasida bo'lib o'tadi.
Etiborlisi, amerikalik jangchi raqibidan 17 kilogramm og'ir chiqdi: Lyuis - 120 kg, Oleynik - 102,9 kg. Anderkard jangda Omari Axmedov va Kris Uaydman o'zaro to'qnash kelishadi. Bu ikki jangchi deyarli bir xil vazn ko'rsatishdi.
UFC Fight Night 174. Tarozi natijalari
Asosiy kard
Aleksey Oleynik (227 funt) — Derrik Lyuis (265 funt)
Kris Uaydman (186) — Omari Axmedov (185,75)
Darren Styuart (186) — Maki Pitolo
Yana Kunickaya (135,5) — Yuliya Stolyarenko (136)
Beneyl Dariush — Skott Xolcman (156).
Fikrlar