09 avg 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Night 174. Markaziy jang nokaut bilan tugadi + FOTO
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 174 turniri o'z yakuniga etdi.
Oqshomning markaziy jangi biroz kutilmagan natija bilan tugadi. Og'ir vazn toifasida tashkil etilgan jangda amerikalik Derrik Lyuis rossiyalik Aleksey Oleynikka qarshi oktagonga ko'tarildi. Derrik UFC reytingida 4, Aleksey esa 10-o'rinni egallab turgandi.
Markaziy jang ikkinchi raundning 21-coniyasi o'tib borayotgan bir pallada yakunlandi. 35 yoshli Lyuis 43 yashar Oleynikni texnik nokautga uchratdi va bu bilan faoliyatidagi 24-g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning hisobida ettita mag'lubiyat ham bor. Tajribali Oleynikning natijalari quyidagicha: 59 g'alaba, 14 mag'lubiyat, 1 durang.
Havola :
Fikrlar