So’nggi yangiliklar

16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0

03 may 08:02
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 275 barcha natijalari bitta xabarda: Asosiy jangda Maddalenani nokaut qilishdi + VIDEO

Avstraliyaning Pert shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 275 turnirida ettita muddatidan oldingi "finish" qayd etildi.

Oqshomning asosiy jangida braziliyalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Karlos Prates sobiq chempion, divizion reytingida birinchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Jek Della Maddalenani uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. To'rtinchi daqiqada Karlos raqibini kalf-kik zarbasi bilan muvozanatdan chiqardi va keyin parterda tirsak hamda xammer-fist zarbalari bilan jangni yakuniga etkazdi. 



Jangdan keyingi intervyuda Prates avgust oyida Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasida o'tkaziladigan chempionlik jangini bevosita arenada tomosha qilishi va g'olibga shaxsan "vyzov" tashlashini malum qildi. 

UFC Fight Night 275 turnirining co-main event jangi amerikalik tajribali engil vazn toifasi vakili Benil Dariush ishtirokida kechdi va u kutilmaganda so'nggi beshta jangidagi to'rtinchi muddatidan avval taslim bo'lgan mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Benil bu safar birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan avstraliyalik Kuillan Salkildaga yutqazdi.

Musobaqaning ahamiyati jihatidan uchinchi jangi eng engil vaznda UFC kamari uchun sobiq davogarlar avstraliyalik Stiv Erceg va amerikalik Tim Elliott o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda mezbon aralash yakkakurash ustasi hakamlarning qarori evaziga g'alaba qozondi.

Pert turnirida Marvan Raxiki, Junior Tafa, Vesli SHulc va Kodi Stil o'z janglarida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi.


UFC Fight Night 275 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Karlos Prates Jek Della Maddalenani texnik nokautga uchratdi (oyoqda zarba va parterda finish) – 3-raund, 3:17

Kuillan Salkil Benil Dariushni texnik nokaut bilan engdi (zarba) – 1-raund, 3:29

Stiv Erceg Tim Elliottni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)

Marvan Raxiki Oliver SHmidni texnik nokaut bilan yutdi (zarbalar) – 1-raund, 2:47

Brando Perichich SHamil Gazievni nokaut qildi (zarbalar) – 2-raund, 3:44

Lui Sazerlend Tai Tuivasani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (30-26, 30-26, 30-26)


Prelim kard janglari

Kemeron Rouston Robert Brichekni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi (30-27, 30-27, 30-27)

Junior Tafa Kevin Kristianni nokaut qildi (qo'l va tirsakda zarbalar) – 1-raund, 2:42

Jeykob Melkun Jerald Mershartdan hakamlar qaroriga ko'ra ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)

Kolbi Tikness Vins Moralesni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)

Vesli SHulc Ben Jonstonni sabmishn evaziga yutdi (gilotina usulida bo'g'ish) – 3-raund, 1:50

Jonatan Mikallef Temba Gorimboni hakamlarning ayri qarori bilan engdi (28-29, 29-28, 29-28)

Kodi Stil Dom Mar Fanni sabmishn bilan yutdi – 1-raund, 3:56

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing