So’nggi yangiliklar

13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0

07 iyu 15:21
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 278 bonus sohiblari malum. Guskovning ehtimoliy raqibi ham 100 000 dollarlik chek oldi

Bugun Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC turnirinining bonus, yani kafolatlangan gonorarga qo'shimcha tarzda beriladigan mukofot puli sohiblari elon qilindi.

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan polshalik yarim og'ir vazn toifasi vakili Ivo Baranevskiy ham bugungi yorqin g'alabasi uchun bonusga loyiq ko'rildi. U jangning 85-soniyasidayoq Yangi Zelandiya vakili Junior Tafani texnik nokautga uchratgan edi. Ikki lou-kik zarbasidan keyin referi Den Miragliott jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Ivo bugungi g'alabasi uchun 100 ming dollar miqdoridagi bonusga ega chiqdi. 

"Oqshom chiqishi" uchun mo'ljallangan ikkinchi bonus o'ta engil vazn toifasi vakili meksikalik Edgar CHayrezga nasib etdi. U Bruno Silvani apperkot zarbasi bilan nokdaun holatiga tushirdi va keyin ortdan bo'g'ish usulida braziliyalik raqibini taslim qildi. 

"Oqshomning eng yaxshi jangi" sifatida amerikalik o'rta vazn toifasi vakillari Brendan Allen va Edmen SHaxbazyan o'rtasidagi to'qnashuv tan olindi. Har ikki jangchi ham uch raundlik olovli jang uchun 100 ming dollardan bonusga ega bo'ldi. Ushbu jangda Allen hakamlarning qaroriga ko'ra g'alaba qozondi.

Raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan Brays Mitchell, Alessandro Kosta, CHelsi CHendler, Joanderson Brito va Ketlin Souza esa qo'shimcha 25 000 dollar miqdoridagi bonusni qo'lga kiritdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing