09 avg 14:28
Yangiliklar

"UFC ikkinchi marta tayyorgarlikni beliga tepdi". Zabit ortga qaytishini malum qildi
U 29 avgust kuni Yair Rodrigesga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo meksikalik sportchining jarohati sabab jang bekor qilindi.
"Barchaga salom. 29 avgust kungi jangim bo'lmaydi. Rodriges jarohat oldi va uning o'rniga menga TOP-5dan xech kim taklif qilinmadi. Reytingi past jangchilar bilan oktagonga chiqish - ortga tashlangan qadam. Men kamar uchun yoki o'z nomiga ega bo'lgan qiziqroq raqibga qarshi jang so'ragandim. Takliflar bo'lmadi va men afsus bilan Rossiyaga qaytib ketaman. Ketma-ket ikkinchi marotaba UFC tayyorgarligimni so'nggi bosqichda beliga teppoqda. Qo'llab-quvvatlaganlar va ushbu jangni kutgan barchaga rahmat. Biz jamoa bilan birga qo'ldan kelgan barcha ishni qildik", - deya xabar qoldirgan Zabit Instagramdagi sahifasida.
Fikrlar