08 avg 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC ikkita chempionlik jangi o'rin olgan yana bir turnir sanasini tasdiqladi + FOTO
UFC rahbariyati navbatdagi raqamlangan turnir sanasi hamda uning doirasidagi ikkita chempionlik jangini rasman elon qildi.
UFC 255 nomi ostidagi ushbu turnir 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Ushbu oqshomdan ikkita chempionlik jangi o'rin olgan: Figeyredo — Garbrandt, SHevchenko — Mayya.
Ayollar o'rtasida engil vazn toifasida UFC chempioni qirg'izistonlik Valentina SHevchenko davogar Jennifer Mayya bilan to'qnash keladi. Eng engil vaznda yangi chempion Deyvison Figeyredo sobiq UFC chempioni Kodi Garbrandtga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Figeyredo o'tgan hafta Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da muddatidan avval Jozef Benavidesni mag'lubiyatga uchratib, chempionga aylangan edi. SHevchenkoning raqibasi ham o'tgan haftadagi jangda chiroyli g'alabaga erishgandi.
Havola :
Fikrlar