07 dek 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC kelasi yili Rossiyada ikkita turnir o'tkazmoqchi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC rahbariyati yangi mavsum rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Taqdim etilgan malumotlarga ko'ra, tashkilot 2019 yilda Rossiyada bir yoki ikkita turnir o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu malumotni Rossiya UFC tashkiloti prezidenti Andrey Gromkovskiy ham tasdiqladi.
Gromkovskiyning aytishicha, hozirning o'zida UFC turnirini qabul qilish bo'yicha bir nechta davogar shaharlar o'z nomzodlarini ilgari surishdi. Ular orasida Sankt-Peterburg shahri ham bor.
Malumot uchun, Rossiya hududidagi ilk UFC turniri shu yilning 15 sentyabr kuni Moskva shahridagi “Olimpiyskiy” sport majmuasida o'tkazilgan edi.
Havola :
Fikrlar