04 iyu 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Konor ishtirokidagi matbuot anjumanini boshqa muddatga ko'chirdi
Dunyoning eng kuchli Ligasi UFC 303 turniriga bag'ishlangan matbuot anjumani muddatini o'zgartirdi.
Kecha Irlandiya poytaxti Dublin shahrida Konor Makgregor ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tishi kerak edi. Ushbu raqamlangan turnirning markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor sobiq Bellator chempioni, amerikalik Maykl CHendlerga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Qadrli UFC muxlislari! UFC 303 turniriga bag'ishlangan matbuot anjumanimiz kechroq muddatga qoldirildi. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz. Yangi sana bo'yicha aniq to'xtamga kelishimiz hamon bu haqda xabar beramiz. Rahmat!", — dedi UFC rahbari Dana Uayt.
Matbuot anjumanining nima sababdan boshqa muddatga ko'chirilgani haqida malumot taqdim etilmagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar