11 avg 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Miochich Korme ustidan g'alaba qozonishga ishonmoqda
UFCning og'ir vazn toifasidagi chempioni Stipe Miochich Daniel Kormega qarshi jang haqida gapirdi.
Bu sportchilar o'rtasidagi o'zaro uchinchi jang bo'ladi.
"Jang ajoyib bo'ladi. O'zimdagi kuchsiz jihatlar ustida ishladim, xatolarni to'g'irladim. Har birimizning jang uchun rejamiz bor. Bu avvalgi janglardan farq qiladi. Ko'ramiz, kim buni yaxshiroq amalga oshira oladi. Bu albatta men bo'laman, lekin bu jangimiz ahamiyatini pasaytirib yubormaydi.
Mening qo'limni baland ko'tarishadi va men oktagonni chempionlik kamari bilan tark etaman. Xech narsa o'zgarmaydi. Uyga boraman va ayolim hamda qizim bilan tug'ilgan kunimni nishonlayman. Keyingi kuni yana ishga ketaman", - dedi Miochich.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar