04 avg 09:58
Yangiliklar
![](/upload/storage/79253_220.jpg)
UFC on ESPN 5 oqshomining markaziy jangi yakunlandi
Oqshomning markaziy jangi to'liq 5 raund davom etdi va yakunda g'olib hakamlarning qaroriga ko'ra aniqlandi. Unda yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Robbi Louler yana bir sobiq chempioni Kolbi Kovingtonga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Kovington bugungi jangiga qadar ketma-ket 6 ta bahsda g'alaba qozonib, o'z divizionida yaxshigina shov-shuv ko'tarishga muvaffaq bo'lgandi. Bu safar ham seriya davom etdi. Kolbi Kovington 50-44, 50-45, 50-45 hisobida Robbi Loulerni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu UFC on ESPN 5 oqshomida Jim Miller Kley Guidani, Nasrat Xakparast nokaut bilan Xoakim Silvani mag'lub etdi. Trevis Gils Jerald Mirshertga, Don Xyun Ma esa Skott Xolcmanga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar