09 iyu 08:44
Yangiliklar
UFC on ESPN 57 turnirining markaziy jangida nokaut qayd etildi
UFC on ESPN 57 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasida tashkil etildi. Unda UFC kamari uchun sobiq davogar, amerikalik Jared Kannone asli kelib chiqishi dog'istonlik bo'lgan, hozirda Franciya sharafini himoya qilayotgan Nassurdin Imavovga qarshi oktagonga chiqdi.
Besh raundlik jang to'rtinchi raundda yakunlandi. Imavov tajribali raqibini nokautga uchratdi. Kannone professional faoliyatidagi ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 17 taligicha qoldi. U bundan avvalgi jangida Marvin Vittorini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Nassurdin Imavov esa bugun 18-g'alabasini tantana qildi. Mag'lubiyatlari 4 ta, uning ishtirokidagi bitta jang esa o'tkazilmagan deb topilgandi. U bundan avvalgi jangida Roman Dolidzeni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi.
Fikrlar