19 okt 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC ON ESPN 6. Markaziy jang kutilmagan natija bilan yakunlandi
Hozirgina AQSHning Boston shahrida navbatdagi UFC kechasi yakuniga etdi.
UFC ON ESPN 6 turnirining markaziy jangida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Dominik Reyes o'rta vaznda sobiq UFC chempioni Kris Vaydmanga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang muxlislar kutganidek uzoq davom etmadi. Birinchi raundning yuzinchi soniyasida Reyes raqibini nokautga uchratdi va o'zining UFCdagi 12 ta jangdan iborat g'alabali seriyasini davom ettirdi.
Dominik bugungi g'alabadan so'ng yarim og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jonsni oktagonga chorladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar