19 sen 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Adesanya va Uittaker revansh jangi qachon o'tkazilishini aytdi
UFS etakchisi Dana Uayt o'rta vazn etakchilari bo'lmish Israel Adesanya va Robert Uittaker o'rtasidagi reshansh jangi qachon tashkil etishi haqida gapirdi.
"Bu jangni biz tashkil qilishni har doim xohlab kelganmiz. Hozir aynan shuning harakatidamiz. Rejalarimizga ko'ra, bu jang yanvar oyinda bo'ladi. Hammasini hisobga olgan holda, jangni ularning vatanida (Avstraliya yoki Yangi Zelandiya) o'tkazmoqchi edim. Ammo, bunday bo'lmaydiganga o'xshamoqda. Ochiqcha gapirishni yoqtirmayman, ammo biz bu jangni o'tkazish uchun bor harakatni ishga solyapmiz", - dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, ikki jangchi o'rtasidagi birinchi to'qnashuv 2019 yil o'tkazilgan va unda Israel Adesanya nokaut bilan g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar