05 mar 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Hali Nurmagomedovni qaytishiga imkoniyat bor
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedovning promoushenga qaytishi borasidagi savolga javob berdi.
"Engil vaznning birinchidan o'ninchi o'rnigacha tashkil qilish mumkin bo'lgan ajoyib janglar bor. Keling, bazi janglar qanday yakunlanishini kutamiz. O'shandan so'ng kamar uchun kim jang qilishi mumkinligi aniq bo'ladi.
Agar Xabib qiziqsa, bu jangni qabul qilishi mumkin. Siz ahir uning "Meni tinch qo'ying, savol bermang" deganini eshitdingiz. O'ylaymanki, uni qaytarish uchun hali imkoniyatlar bor. U uchun eshigimiz haliyam ochiq", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar