20 okt 19:43
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Konorning ehtimoliy raqibini malum qildi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning navbatdagi raqibi kim bo'lishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.
“Menimcha, u kelasi yili qaytadi. Uning raqibi? Noyabrda Dias - Masvidal jangi bo'lib o'tadi, o'sha bahs g'olibi katta ehtimol bilan Konorga qarshi to'qnash keladi. SHuningdek, Konorga qarshi Donald Serrone yoki Jastin Getji ham jang qilishi mumkin”,-dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Konor so'nggi bor 2018 yilda jang qilib, Xabib Nurmagomedovga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar