18 okt 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti MakGregorga rad javobini berdi
Avvalroq, Konor MakGregor dekabr oyida Frenki Edgarga qarshi jang qilishi lozimligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ammo, UFC prezidenti Dana Uayt ushbu jang o'tkazilmasligi haqida gapirdi.
"Men Konorning Meyvezerga qarshi jangi oldidan aytgandim: U bunday puldan so'ng balki xech qachon jang qilmaydi. O'shandan keyin u faqatgina bir marotaba jang o'tkazdi.
Konorga jang qilish yoqadi va u buni yana bir marotaba amalga oshirmoqchi. Ammo, u Frenki Edgarga qarshi jang qilmaydi, Frenki ikki vazn pastda. U Aldjameyn Sterling bilan jang qilishi lozim edi, ammo jarohat bunga halal berdi.
Frenkining faoliyati yakuniga etib bormoqda. U yana sovrin uchun kurashishi kerak. Konorga qarshi jang tashkil qilib berishdan esa mano yo'q.
Konor kelasi yili jang qiladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar