02 jan 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Meyvezer va Makgregor o'rtasida revansh bo'lishiga shama qildi
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o'rtasida revansh bo'lishi mumkinligini malum qildi.
"Muzokaralarni boshlab yuborganmiz, kuzga kelib ajoyib yangilik bo'lishi mumkin. Biz bu jangni MMA yoki boks qoidalari asosida o'tkazishimiz mumkin. Hamma uchun qiziq bo'lgan jangni nima uchun o'tkazmasligimiz kerak? Floyd va Konor o'rtasidagi jang ajoyib bo'lishi aniq. SHu sababli ham yana bir bor shunday jang tashkil qilsak, barcha uchun foydali bo'ladi",-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Konor va Floyd o'rtasidagi ilk jang 2017 yilning avgustida bo'lgandi, o'shanda Floyd raqibini nokaut qilishga erishgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar