01 fev 18:49
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Oskar De La Xoyyani jangga chorladi
UFC prezidenti Dana Uayt taniqli boks promouteri, bir nechta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyyani MMA qoidalari asosida jang o'tkazishga chaqirdi.
Avvalroq, Oskar De La Xoyya UFC rahbarini boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jangga chorlagan edi.
“De La Xoyya meni jang o'tkazishga chaqirdimi? U axmoqning o'zginasi. Men jangga tayyorman. Bundaylar gapiriga javob berishi kerak. Takror aytaman, men Oskar bilan jang o'tkazaman, faqat bu boks emas, MMA qoidalari asosida bo'ladi”, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar