17 apr 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Toni qachon tayyor bo'lsa, o'shanda Habib bilan jang qiladi
UFC prezident Dana Uayt Toni Fergyuson va Habib Nurmagomedov qachon jang qilishi haqida fikr bildirdi.
«Men Tonini qachon oktagonga qaytishini bilmayman. U hali janglarga tayyor yoki tayyor emasligi haqida ham xabarim yo'q. To'grisini aytganda, Toni 13 aprelda Dastinning o'rniga Xollouey qarshi jang qilishi kerak edi. Lekin u bu imkoniyatdan foydalanishni istamadi. SHundan so'ngm, uning hayotida muammolar paydo bo'lganini yozishdi. Hozirda Fergyusonning ahvoli yaxshi ekanligini takidlashmoqda,ammo UFC shifokorlarining tekshiruvidan o'tmaguniga qadar Toni janglarda ishtirok etmaydi. Tekshiruvlardan o'tganidan so'ng, biz albatta Habib-Toni jangini tashkillashtiramiz»,-deb fikr bildirgan UFC prezidenti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar