10 iyu 12:58
Yangiliklar
UFC rahbari Toni Fergyusonning promoushendagi kelajagi haqida gapirdi
UFC rahbari Dana Uayt shu mavzuda berilgan savolga javob qaytardi. Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempionining ketma-ket 7 ta mag'lubiyatni qabul qilib olganidan xabaringiz bor, albatta.
"Ha, navbatdagi jangi qanday natija bilan yakunlanishidan qati nazar, men uning nafaqaga chiqishini tarafdoriman va shunga qattiq umid qilaman", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyida Toni Fergyuson hakamlar qaroriga ko'ra britaniyalik Peddi Pimblettga ochkolar hisobi bilan yutqazib qo'ygandi. Bu uning qatorasiga qabul qilib olgan ettinchi mag'lubiyati edi. Amerikalik 40 yoshli aralash yakkakurash ustasi 3 avgust kuni UFC on ABC 7 turnirida hamyurti Maykl Kezaga qarshi oktagonga chiqadi.
Fikrlar