13 avg 17:34
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC rahbariyatini MakGregorga yonbosishda ayblashdi
MMA jangchisi Neyt Diasning fikricha, UFC rahbariyati unga nisbatan adolatsizlik qilgan.
Uning so'zlariga ko'ra, o'ziga reytingi past raqiblarni taklif qilishgan. Irlandiyalik MakGregor esa yaxshi janglarga ega bo'lgan.
"Agar siz men boshlagan nuqtadan barchasini boshlaganingizda, siz MMAda professionallikka etishmagan bo'lardingiz. Menga ham bazida mehr bering. Men Eddini mag'lub etaman, odamlar esa uni kuchsiz raqib deyishdi. Keyin esa MakGregorni yutdim. Uni ham mag'lub etdim, keyin yutqazdim. U chempionlik jangini oldi, keyin esa Meyvezer bilan to'qnash keldi.
Bu vaqtda menga xech qanday taklif bo'lmadi. Bu tarafkashlik bo'lmay nima? Men bunday nohaqlikning bir qismi bo'lishni istamayman", - dedi Dias.
Havola :
Manba : BJPenn.com
Fikrlar