29 dek 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Roy Jons bilan shartnoma imzoladi
UFC kompaniyasi amerikalik mashhur bokschi Roy Jonsga tegishli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Kelishuvga ko'ra UFC FIGHT PASS striming servisi yaqin uch yil ichida Roy Jonsning Roy Jones Jr. Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan 72ta boks turnirlarini translyaciya qiladi.
UFC va Roy Jons o'rtasida imzolangan shartnoma bo'yicha ilk jang oqshomi 31 yanvar kuni translyaciya qilinadi. Oqshomning markaziy jangida WBO reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Aston Paliste to'rtinchi pog'onadan joy olgan engilmas Xose Martinesga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar