11 dek 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC tarixidagi birinchi ayol jangchi Bellator bilan shartnoma imzoladi
Engil vazn toifasida UFC chempionligi uchun sobiq davogar Liz Karmush Bellator promousheni bilan shartnoma imzoladi.
Karmush UFCda jang o'tkazgan birinchi ayol sportchi hisoblanadi. 7 dekabr kuni UFC rahbariyati Lizni ligadan chetlatgan edi. Karmush uzoq vaqt shartnomasiz qolmadi. U Bellator bilan kelishuvga erishdi.
Malumot uchun, Liz Karmush UFC promoushenida 10 ta jang o'tkazgan. G'alaba va mag'lubiyatlar soni 5 tadan. Hozircha so'nggi jangini shu yilning avgust oyida Urugvaydagi turnirda o'tkazgan va qirg'izistonlik Valentina SHevchenkoga imkoniyatni boy bergan edi.
Takidlash joiz, Bellator shu yilning o'zida ikki nafar ko'zga ko'ringan UFC jangchisini bilan shartnoma imzoladi. Karmushga qadar sobiq UFC chempioni Kris Sayborg ham "Bellator"chiga aylangandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar