13 apr 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC uch nafar jangchini ro'yxatdan chiqardi
Dunyoning eng kuchli MMA Ligasi - UFC bir necha sportchi bilan shartnomani bekor qildi, deya xabar bermoqda MMA Fighting nashri.
Bu safar tashkilotni quyidagi jangchilar tark etishdi:
— Ruminiyalik Diana Belbita. U ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasida (57 kg gacha) bahs olib borgan. Sportchi UFC'dagi debyutini 2019 yilda o'tkazgan, Diananing hisobida ikkita g'alaba va oltita mag'lubiyat mavjud edi;
— braziliyalik Istela Nunes, ayollar o'rtasidagi minimal vazn toifasida (52 kg gacha). UFC'dagi debyut jangi 2021 yilda bo'lib o'tgan. Hisobida faqatgina beshta mag'lubiyat bor edi;
— Koreya Respublikasi vakili Sen Vu CHoy, yarim engil vazn toifasida (65 kg gacha). Jangchi UFC'dagi debyutini 2019 yilda o'tkazib, shu vaqtga qadar to'rtta g'alaba va ettita mag'lubiyat qayd etgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar