06 okt 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Uzoq kutilgan jang yakunlandi
Hozirgina, Avstraliyaning Melburn shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida o'rta vazn UFC kamari sohibi Robert Uittaker vaqtinchalik chempion Israel Adesanyaga qarshi bahs olib bordi. Jang boshida Uittaker ustunlikni o'z tomoniga og'dirishga harakat qildi, Israel esa biroz ehtiyotkorlik bilan jang qildi. Ikkinchi raundining oxirlarida Robert raqibining kuchli zarbasini o'tkazib yubordi hamda nokaut holatiga tushib qoldi. SHu tariqa, Israel o'rta vazn toifasida mutlaq UFC chempionligini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, bu g'alaba Israel Adesanya uchun faoliyatidagi 18-g'alabasi bo'ldi, u hali bir marta ham mag'lubiyatga uchramagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar