14 mar 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 21. Oqshomning markaziy jangida kamdan-kam uchraydigan holat kuzatildi
Biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri yakunlandi.
UFC Fight Night 187 (UFC Vegas 21) oqshomining markaziy jangida kamdan-kam uchraydigan holat kuzatildi. Unda britaniyalik Leon Edvards hamda amerikalik Bilol Muhammad o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi.
Qizig'i, jang ikkinchi raundning 18-soniyasida to'xtatildi. O'sha vaziyatda Edvards raqibining ko'ziga qo'lini tiqib oldi. Tabiiyki, Muhammad jangni davom ettira olmadi. Natijada hakamlar bu jangni o'tkazilmagan deb topdilar.
Malumot uchun, 29 yoshli Edvards hamda 32 yashar Muhammad hisobida bir xil - 18 tadan g'alaba va 3 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar