19 may 10:32
Yangiliklar

UFC. Vudli hamda Louler o'rtasidagi revansh jangi bekor qilindi
Sobiq UFC chempioni Tayron Vudli Robbi Loulerga qarshi jangda oktagonga chiqa olmaydigan bo'ldi.
Bu haqda ESPN telekanali xabar berdi. Aynan ushbu jang aralash qoidalar bo'yicha UFC on ESPN 4 oqshomining markaziy jangi bo'lishi kerak edi. Jangning bekor qilinishiga Tayronning mashg'ulot chog'ida qo'lidan olgan jarohati sabab bo'ldi.
Vudlining qachon safga qaytishi malum emas. UFC esa allaqachon Vudlini bo'lajak jangda almashtiradigan sportchi izlashni boshlab yubordi. Britaniyalik yarim o'rta vazn toifasidagi Darren Till Robbi Loulerga o'z xizmatini taklif qilgan.
Malumot uchun, Vudli hamda Louler o'rtasidagi ilk jang 2016 yilning yozida o'tkazilgan va o'shanda Tayron birinchi raundning o'zida nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Fikrlar