13 mar 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC yana ikki jangchiga chiqish eshiklarini ko'rsatdi
UFC rahbariyati promoushenda "tozalash" ishlarini davom ettirmoqda.
Bu safar qoniqarsiz natijalari sabab SHana Dobson va Jordan Espinoza bilan shartnomalar bekor qilindi va ular bilan xayrlashilgan. Dobson UFC`dagi uch yillik faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, 4 tasida mag'lubiyatga uchradi. Yagona g'alabasiga qozog'istonlik Mariya Agapova ustidan erishgan. U so'nggi bor shu yilning fevral oyida oktagonga chiqib, Keysi O'Neylga imkoniyatni boy bergandi.
Espinoza esa UFC promoushenida jami 6 ta jang o'tkazgan. Hisobida 2 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor. So'nggi jangini o'tgan hafta, 7 mart kuni UFC 259 turniri doirasida Tim Elliottga qarshi o'tkazib, raqibiga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar