24 dek 18:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Zubayra Tuxugovning navbatdagi jangini rasman tasdiqladi
UFCda rossiyalik MMA jangchisi Zubayra Tuxugovning navbatdagi jang sanasini rasman tasdiqlashdi.
Unga ko'ra, Tuxugov 2020 yilning 22 fevral kuni amerikalik Kevin Agilarga qarshi oktagonga chiqadi.
"Rasman! Zubayra Tuxugov 22 fevral kuni Oklenddagi UFC turnirida Kevin Agilar bilan jang qiladi. Jangchimizga oktagonga muvaffaqiyatli qaytishni tilab qolamiz", - deyiladi UFC Russia xabarida.
Havola :
Manba : UFC Russia
Fikrlar