29 dek 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCdagi ilk jangchimiz Toshkentga qaytdi FOTOGALEREYA
O'zbekistonlik ilk UFC jangchisi Mahmud Muradov CHexiyaning Praga shahridan Toshkentga qaytib keldi.
Bugun tong saharda hamyurtimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Muradov bir necha kun avval AQSHning Vashington shahrida UFC on ESPN turniri doirasida amerikalik Trevor Smitni 3-raundda nokautga uchratgan edi.
Mahmud Muradov Yangi yilni o'zi tug'ilib o'sgan Buxoroda kutib olganidan so'ng yana CHexiyaga qaytadi va navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlaydi. Muradov katta ehtimol bilan uchinchi jangini UFC reytingida TOP-15 ro'yxatidan olgan sportchiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar