26 fev 08:14
Yangiliklar

UFC`dagi o'zbek jangchilari soni bittaga kamaydi
Xabaringiz bor, viza bilan bog'liq muammo sabab Kaue Fernandes (9-2) Jerad Gordon (20-7, 1 NC)ga qarshi jangdan echilgan va uning o'rniga promoushen matchmeykerlari UFC debyutanti, hamyurtimiz Mashrabjon Ro'ziboev (19-4-1)ga imkoniyat taqdim etgandi. Ammo jangga uch kun qolganda taklifga rozi bo'lgan aralash yakkakurash ustamiz tarozida belgilangan vazn meyorini qila olmagandi.
Afsuski, UFC Mashrabjon Ro'ziboevga ikkinchi imkoniyatni hozircha bermaslikka qarori qildi va uni tashkilot rosteridan chiqardi. Hech qanday tayyorgarliksiz sportchiga uch kun qolganda jang berib, vazn qila olmasa, shartnomani bekor qilish juda g'alati holat. Promoushenda nafaqat vazn qila olmay, balki ketma-ket mag'lubiyatli seriyalar bilan urishib yurganlar qancha.
Malumot uchun, 28 yoshli Mashrabjon Ro'ziboev Nursulton Ro'ziboev (3-1, UFC)ning ukasi hisoblanadi. 2019 yilda u Naiza promoushenida bitta, 2021 yilda Octagon ligasida ham bitta jang o'tkazdi. Ayni paytda 7 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda.
Fikrlar