04 sen 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83733_220.jpg)
UFCdan haydalgan chempion Bellator bilan shartnoma imzoladi
Yarim engil vaznda sobiq Strikeforce, Invicta FC hamda UFC chempioni Kris Sayborg faoliyatini Bellator promoushenida davom ettiradi.
Braziliyalik jahon chempioni Bellator tarixidagi eng katta shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda uning o'zi “Tvitter”dagi rasmiy sahifasida xabar qoldirgan. Malumotni Bellator prezidenti Skott Koker ham tasdiqladi.
“Mamnuniyat ila shuni malum qilamanki, Bellator Kris Sayborg bilan eng katta shartnomalardan birini imzoladi. Oilamizga xush kelibsan, Sayborg!”, - deydi Koker.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oyda Kris Sayborg UFC prezidenti Dana Uayt bilan urishib qolgandi. Uayt buning natijasida braziliyalik jahon chempionini tashkilotdan haydab yuborgandi.
Havola :
Fikrlar