14 avg 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCni tark etgan VanZant qo'lqopsiz janglar promousheni bilan shartnoma imzoladi + FOTO
Endilikda sobiq UFC go'zali Peyj VanZant BKFC tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan qo'lqopsiz janglarda ishtirok etadi.
U rasman yangi promousheni bilan shartnoma imzoladi. BKFCdagi debyut jang noyabr oyi boshlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Peyj UFCdan ketishini unga berilayotgan gonorarning kamligi, bu pulni u 2,7 million obunachisi bor Instagram kanalidan ham topa olishi bilan izohlagandi. VanZantning menejeri Malki Kava mijozi kamida 2 million dollarga shartnoma imzolaganini malum qildi.
Havola :
Fikrlar