17 fev 13:37
Yangiliklar
Tennis

Ugo Umber Open 13 Provence bosh sovrinini vatanida olib qoldi
Franciyaning Marsel shahrida o'tkazilgan ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini mezbon tennischi Ugo Umberga nasib etdi. Dunyoning 17-raketkasi bo'lib turgan Ugo hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 96-pog'onasida borgan serbiyalik Xamad Medjedovichdan ustun keldi - 7/6(4), 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir yuz bir daqiqa davom etgan bahsda Umber 13, Medjedovich 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ugo faoliyatidagi ettinchi ATP sovrinini qo'lga kiritdi. U o'tgan yili ham Open 13 Provence chempioniga aylangandi. Bu galgi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi hamda 112,660 evro mukofot puli keltirdi. Medjedovich esa 165 ochko va 65,730 evro ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar