05 iyu 12:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/304662_220.jpg)
Uimbldon. Novak Jokovich uch soatlik uchrashuv o'tkazdi
London shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri davom etmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning ikkinchi davrasida ATP reytingida 277-pog'onada borayotgan britaniyalik Jeykob Fyornliga qarshi kortga chiqdi.
Roppa-rosa uch soat davom etgan bahsda serbiyalik tennis yulduzi biroz qiyinchilik bilan g'alaba qozondi - 6/3, 6/4, 5/7, 7/5. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Jokovich 14, Fyornli 13 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi u uchinchi bosqichda avstraliyalik Aleksey Popiringa qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar