08 okt 17:55
Yangiliklar

Uittaker - Adesanya jangi tomoshabinlar tashrifi bo'yicha UFC rekordini yangiladi, oqshomning o'zi 5,5 mln dollar foyda keltirdi
Yashil qitada o'tkazilgan ushbu UFC oqshomining markaziy jangida o'rta vazn toifasining vaqtinchalik chempioni Israel Adesanya hamda haqiqiy chempion Robert Uittaker o'zaro to'qnash kelgandi. Jangda Adesanya raqibini nokautga uchratib, UFCning yangi chempioniga aylangan edi.
Etiborlisi, ushbu UFC oqshomini tomosha qilish uchun Marvel Stadium arenasiga 57 127 nafar muxlis tashrif buyurgan. Bu esa tomoshabinlar tashrifi bo'yicha UFCning yangi rekordi sifatida qayd etildi.
Qizig'i, bundan avvalgi rekord ham aynan Avstraliyada o'rnatilgandi. 2015 yilning noyabr oyida o'tkazilgan UFC 193 turnirini tomosha qilish uchun stadionga 56 214 muxlis tashrif buyurgan edi.
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, UFC 243 turniri kompaniyaga 5 million 500 000 dollar foyda keltirgan.
Fikrlar