22 dek 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25243_220.jpg)
Ukrainalik bokschi do'stlik sabab Kovalyov bilan jang qilmaydi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan ukrainalik Aleksandr Gvozdik rossiyalik jahon chempioni Sergey Kovalyovga qarshi jang o'tkazmaslikka qaror qildi.
Gvozdik bu qarorini Rossiya va Ukraina o'rtasidagi sovuq munosabatlar bilan bog'lab, shunday holatda rossiyalik do'stiga qarshi jang o'tkaza olmasligini aytdi.
“Katta ehtimol bilan keyingi jangimni 16 fevral kuni o'tkazaman. WBC tashkiloti vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Eleyder Alvares bilan jang qilishimni istayapti. Lekin hali bu borada bir qarorga kelmadim. Boshqa yo'nalish chempioni Sergey Kovalyov esa mening do'stim”, – dedi Gvozdik.
Eslatib
o'tamiz, Sergey Kovalyov yaqinda hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov murabbiyligida
ukrainalik Aleksandr SHabranskiyni ikkinchi raundda nokautga uchratib, jahon
chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Fikrlar