25 mar 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Ukrainalik engilmas Bellator chempionining navbatdagi jangi bekor qilindi
13 may kuni Londonda Maykl Peyjga qarshi o'z kamarini himoya qilishi kerak bo'lgan Bellator bo'yicha amaldagi chempion Yaroslav Amosov Bellator 281 turnirida oktagonga ko'tarilmaydi.
Uning o'rnini vaznning to'rtinchi raqamli jangchisi Logan Storli egalladi. Jang vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo'ladi.
Tashkilotning OAVga tarqatgan bayonotiga ko'ra, Rossiyaning maxsus operaciyasi boshlanganidan keyin hududiy mudofaa safiga qo'shilgan Yaroslav Amosov Ukrainani tark etishdan bosh tortgan. SHu sababli ham jangchining bahsi bekor qilingan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar