So’nggi yangiliklar

13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0 07:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади 0 19:14Хаби Алонсо "Ливерпуль" билан музокаралар олиб бормоқда, Слотнинг курсиси қимирлаб қолди 0 18:53Дана Уайт Царукян Оқ уйдаги турнирда жанг қилиши эҳтимоли ҳақида гапирди 0

19 noy 14:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Bellator 301: SHabliy Gran-pri finalida, Jekson chempion Amosovni nokautga uchratdi va boshqa natijalar!

AQSHning CHikago shahrida Bellator 301 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi. Yarim o'rta vazn toifasida Bellator chempioni, ukrainalik Yaroslav Amosov o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qila olmadi. U yamaykalik Jeyson Jeksonga qarshi jangda nokautga uchradi. Jekson uchinchi raundning 2-daqiqasi 8-soniyasi o'tib borayotgan bir pallada chap qo'l yondan, o'ng qo'lda to'g'ridan bergan zarbalari evaziga muvozanatdan chiqardi, parterda esa hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. 

SHu tariqa, Amosovning 27 g'alabadan iborat seriyasi yakuniga etdi. Yaroslav jangni parterga o'tkazishga urindi, Jekson esa "stoyka"da yaxshi harakat qildi. 

Oqshomning co-main event jangida amerikalik Patrik Miks ikkinchi raundda hamyurti Serjio Pettisni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi va amaldagi hamda vaqtinchalik Bellator chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirdi. 

Asosiy kardni ochib bergan jangda engil vazn toifasi Bellator Gran-prisining finalchisi aniqlandi. Unda Aleksandr SHabliy va Patriki Freyre o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi. Besh raund to'liq davom etgan jangda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi braziliyalik hamkasbini hakamlarning yakdil qarori (50-45, 50-45, 50-45) bilan taslim etdi va finalga yo'l oldi.  

Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, rossiyalik Timur Xizriev Jastin Gonsalesni, Ramazan Kuramagomedov Rendall Uollesni, Islama Mamedov Killis Motani mag'lubiyatga uchratdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing