So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

24 noy 07:08
Yangiliklar

Kurash

Ulan-Batorda milliy sportimiz kurash bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahri o'smirlar o'rtasida IX, faxriylar o'rtasidagi III-jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Milliy sport turimiz kurash bo'yicha o'tkazilib kelinayotgan jahon chempionatlari dunyodagi ming-minglab kurash ixlosmandlarining diqqatini tortishi bilan birga, azaliy qadriyatlarimizning xalqaro maydondagi yorqin tantanasi bo'lib bo'y ko'rsataveradi.

Yana bir haftadan keyin Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi IX jahon chempionati hamda faxriylar o'rtasidagi III-jahon chempionati ham kurashning dunyo sport maydonidagi ommaviyligini taminlashga xizmat qilishi bilan qadrli.   

Xalqaro kurash associaciyasi kuni kecha mazkur jahon chempionatida ishtirok etadigan milliy terma jamoalarni ro'yxatga olish muddati yakunlanganini elon qildi.  

Xalqaro kurash associaciyasiga yo'llangan talabnomalarga ko'ra, Mo'g'uliston poytaxtida o'tadigan jahon chempionatida 30 dan ziyod davlatning 400 nafardan ortiq sportchilari bellashuvlarda ishtirok etadi.   

Mazkur jahon chempionati doirasida Ulan-Batorda kurashni yanada rivojlantirish maqsadida murabbiy va hakamlar uchun seminarlar, Xalqaro kurash associaciyasining bir qator kengaytirilgan yig'ilishlari, turli brifing va ko'rgazmalar tashkil etilishi belgilangan.   

Jahon chempionati nizomiga muvofiq, joriy yil 2 dekabrdan bellashuvlarga start beriladi. Ayni kunlarda Mo'g'ulistonda o'tadigan kurash musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish borasida Ulan-Batorda Xalqaro kurash associaciyasining ishchi guruhi o'z faoliyatini olib bormoqda.   

Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qilishga hozirlanayotgan kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari, murabbiylar Toshkent viloyatida o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing