So’nggi yangiliklar

13:58Mangu 4 турнирида ўзбекистонлик ва қирғизистонликлар ўртасида кубок учун жанглар ўтказилади 0 13:45РАСМАН! UFC Нурсултон Рўзибоевнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзилини эълон қилди (ПОСТЕР) 0 13:34Нурсултон Рўзибоев яна танқидчиларга мурожаат қилди (ФОТО) 0 13:04Магомед Анкалаев: "Гусковни ютаман, кейин эса..." 0 12:38Де ла Фуэнте Дешамнинг сўзларига жавоб қайтарди: "Мағлубиятга учраганда ҳамма баҳона қидиради" 0 12:13Анвар Анваров Венгриядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди (ВИДЕО) 0 11:58Жиу-житсучиларимиз Осиё чемпионатига йўл олишди 0 11:37UFC Анкалаев — Гусков жанги учун расмий постерни тақдим этди (ФОТО) 0 11:11Одилхон Камолов Шоҳжаҳон Эргашев билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:39Зинедин Зидан Дидье Дешам кетганидан кейин Франция терма жамоасини бошқаради — Романо 0 10:11Бугун 13 нафар боксчи қизларимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади 0 09:40Сергей Ростовцев Италияда биринчи бўлди 0 09:03Асу Алмабаев UFC рейтингида яна юқорилади 0 08:25Дешам ЖЧ-2026 ярим финалида Франциянинг Испаниядан учраган мағлубияти сабабини айтди 0 19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0

11 iyu 18:04
Yangiliklar

Og'ir atletika, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – Ruslan Nuriddinov!

Rio-2016 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bu galgi qahramonimiz – og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi mamlakatimizdagi yagona jahon chempioni Ruslan Nuriddinov!

Ruslan Nuriddinov – 1991 yilning 24 noyabr kuni Andijon viloyatida tug'ilgan. CHin manoda Istiqlol farzandi. Xonabod og'ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisi. Ushbu sport turi bilan shug'ullanayotgan akalariga havas qilgan Ruslanda 5 yoshdan sportga bo'lgan qiziqish uyg'ondi. Avvaliga havas tufayli og'ir atletika zaliga borgan Nuriddinov vaqt o'tishi bilan bu sport turi bilan jiddiy, professional tarzda shug'ullana boshladi.

Istedodli atletimiz xalqaro maydondagi dastlabki aytishga arzigulik g'alabasini 2009 yili BAAda o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qo'lga kiritgan. O'shanda u oltin medalga sazovor bo'lgandi.


2010yil Ruslan Nuriddinov uchun xalqaro maydonda ahamiyatga molik bo'lgan yana bir nufuzli musobaqaning o'tkazilganligi bilan yodda qoldi. 19 yoshli hamyurtimiz Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ilk bor ishtirok etdi. Garchi u yakunda 10-o'rinni egallagan bo'lsada, bu natija mutaxassislar tomonidan yaxshi kutib olindi.

2011 yilgi og'ir atletika mavsumi qahramonimiz hayotida yangi sahifaning ochilishi bilan yodda qoldi. Ruslan Franciyada o'tgan jahon chempionatining shtangani siltab ko'tarish bahslarida kumush medalni qo'lga kiritdi.

2012 yil Ruslan Nuriddinovning hayoti va faoliyatida alohida bir mavsum sifatida muhrlandi. U har bir sportchining orzusi, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi xisoblangan yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdi. Bundan tashqari, Janubiy Koreyada o'tgan Osiyo chempionatida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ham ko'tarildi.


2013 yil og'ir atletikachimiz uchun har tomonlama muvaffaqiyatli keldi. Ruslan avvaliga O'zbekiston chempionatida g'olib bo'ldi. Keyin Osiyo chempionatida ham o'z vazn toifasida qitaning tengsiz atleti deb topildi. Butunjahon Talabalar Universiadasida ham hamyurtimizga teng keluvchi raqib topilmadi. Nihoyat, Polshaning Vroclav shahri mezbonlik qilgan 80-jahon chempionatida o'zbek o'g'loni dunyoning mana-man degan polvonlarini ortda qoldirib, oltin medani qo'lga kiritdi. Ruslan Nuriddinov – jahon chempioni!

2013 yil 30 oktyabr. Bu kun Ruslan Nuriddinov hayotida bir umrga muhrlandi. SHu kuni hamyurtimiz “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, aynan shu yili “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” unvoniga ham loyiq ko'rildi.


2014 yil Nuriddinov uchun oson bo'lmasligi avvaldan malum edi. Boisi, u avvalgi muvaffaqiyatlari tasodifiy emasligini isbotlashi kerak edi. Amalda ham shunday bo'ldi. Ruslan nafaqat jahon chempioni bo'ldi, balki jahon rekordini ham yangiladi.

Andijon zamini o'g'loni yosh bo'lishiga qaramay, qisqa fursat ichida olamshumul yutuqlarni qo'lga kiritdi. Aynan Ruslan Nuriddinovga havas qilib, og'ir atletika bilan oshno tutinayotgan yoshlar safi kengayib boryapti. Orzulari osmon Ruslan Nuriddinovga Rio-2016 Olimpiadasida oliy orzusi ro'yobga chiqishini chin dildan istaymiz. Istagimiz yurtimizda Ruslan Nuriddinovning izdoshlari ko'paysin! Zero, hech bir soha mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanita olmaydi.


Kamoliddin ALIMOV tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

   
11 iyu 20:23:49
-MaN-UniteD-/10/
Бу спорт турини соғлиққа фойдаси борми?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing