So’nggi yangiliklar

00:53Иккита чемпионлик жанги ўтказилган ва улардан бирида ўзбекистонлик спортчи ғалаба қозонган Octagon 71 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 00:01Сардор Худойбердиев қирғизистонлик рақибини муддатидан олдин енгиб, Octagon League чемпионига айланди! 0 23:40WBC Гран-приси. Суҳроб Қаюмов иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 19:25Расман: Космин Олариу — БАА терма жамоаси бош мураббийи 0 18:57Бокс терма жамоамиз Россиядаги хотира турнирини 16 та медаль билан умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 18:19"Миссия бажарилди": Ўзбекистон хоккей терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги ўзининг дебют мавсумидаёқ чемпион бўлган ҳолда юқори дивизионга кўтарилди 0 17:45Самбо. Осиё-Океания чемпионати. Спорт усталаримиз 7 та олтин медалга эга чиқишди 0 17:15Исломбек Исмоилов: "Финалда ўйнаш ажойиб, жамоамиз билан бу учун узоқ меҳнат қилдик" 0 16:54Имавов — Борральо жанги UFC 317 турнирига режалаштирилмоқда 0 16:33Сузувчи Михаил Клешко Дубайдаги халқаро мусобақада олтин медалга эга чиқди 0 16:12Мужибилло Турсуновнинг WBC Гран-присидаги кейинги рақиби ким бўлиши маълум 0 15:51"Челси"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари маълум қилинди 0 15:30Бугун тўрт нафар боксчимиз Осиё чемпионатидаги юришини бошлайди 0 15:09Абдулла Азимов ва яна бошқа спорт гимнастикачиларимиз Льюксембургдаги халқаро мусобақа ғолиб-совриндорлари бўлишди 0 14:48Чарльз Оливейра UFC 317 турнирида Ислам Махачев билан жанг қилиш ниятида 0

22 iyu 09:05
Yangiliklar

Dzyudo, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – surxon “sultoni” Abdulla Tangriev!

Rio-2016 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bu galgi qahramonimiz dyuzdo bo'yicha terma jamoa etakchisi, Pekin olimpiadasining kumush medal sovrindori Abdulla Tangriev.

Abdulla Tangriev – 1981 yilning 28 mart kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida dunyoga kelgan. 10 yoshidan dzyudo bilan shug'ullana boshlagan. O'smirlar o'rtasidagi mamlakat birinchiliklarida g'alabalarga erishib, mutaxassislar nazariga tushgan. Sportdagi yutuqlari, murabbiylari, ishtirok etgan musobaqalari haqida bugungi qahramonimiz shunday deydi.


USTOZ KO'RGAN SHOGIRD

- Yutuqlarim zamirida albatta murabbiylarning mehnati bisyor. Inson bir cho'qqini zabt etishni o'z oldiga maqsad qilar ekan, albatta, bu yo'lda maslakdoshlar ham bo'lishi, tabiiy. Ilk ustozim O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Vladimir Pyataev bo'ladi. Uning qo'liga 1991 yil kelganman, dzyudo sirlarini ustozim ko'magida o'rganganman. Uning aytishicha, yosh bo'lishimga qaramay juda uddaburon, texnik jihatdan kuchli bola bo'lgan ekanman. Albatta, kurashda texnika polvondan talab qilinadigan muhim omillardan biri.

1995 yildan etiboran CHirchiq olimpiya o'rinbosarlari bilim yurtida murabbiy Server Murodasilov qo'l ostida shug'ullana boshladim. Ko'p o'tmay, yoshlar o'rtasidagi mamlakat birinchiliklari va xalqaro musobaqalarda vazn toifam bo'yicha katta muvaffaqiyatlarga erishdim. Quvonarlisi, 19 yoshimda Sidney olimpiadasiga borayotgan terma jamoa tarkibiga kiritildim. Buni qarangki, men uchun sportdagi faoliyatimda yangi sahifalar ochildi. Olimpiya o'yinlarida ikkita bellashuv mening foydamga hal bo'ldi. Agar vazn jihatidan 100 kgdan yuqori polvonlar musobaqasida qatnashganligimni hisobga olsak, bu g'alabalar men uchun sportdagi yo'limning istiqboli porloqligidan dalolat berardi. Albatta, bu men uchun boshlang'ich g'alaba emas edi.

YILLAR MAHSULI

- Ko'pchilik muxlislarim menga qarata, Abdullani XXI asrning chinakam kurashchisi, desak mubolag'a bo'lmaydi, deya iliq fikrlarini izhor etishadi. O'ylaymanki, erishgan yutuqlarim nafaqat mening, balki butun xalqimizning yutug'i. Qachonki bir g'alabaga erishsam, ko'z oldimda ota-onam, yaqinlarim, Vatanim gavdalanadi, go'yo menga bo'lgan ishonchlarini oqlay oldim, degan hissiyot dilimdan o'tadi. SHunday ekan, har bir g'alabam nafaqat oqlangan ishonch, balki kelgusi marralarni zabt etishimda katta kuch ekanidan dalolat beradi.


QUVONCHLI ONLAR

- Aytishim mumkinki, shu kunga qadar hayotimda sanoqsiz baxtli onlarni boshdan kechirganman. Ilk quvonarli yutuqlarimdan biri – 100 kg vaznda 2001 yil O'zbekiston chempioni deya etirof etilganim bo'lsa, 2003 yil CHejudoda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida sportdagi chinakam orzuim ushaldi. Musobaqada vazn toifam bo'yicha eng yuqori o'rinni egallaganman.

MUKOFOTLAR

- Yutuqlarim sanoqsiz, bu men uchun faxr, albatta. Dzyudo bo'yicha 2005, 2007, 2008, 2011 yillarda to'rt karra Osiyo chempioni deya etirof etildim. 2003 yil Osakada, 2005 yil Rio-de-Janeyroda, 2009 yil Rotterdamda o'tgan jahon chempionatlarida mutloq vaznda bronza medalini qo'lga kiritdim.

Kurash bo'yicha ham ko'plab yorqin natijalarni qo'lga kiritganman. Albatta, milliy sport turimiz bo'yicha o'tadigan musobaqalar men uchun bayramga aylanib ketadi. V jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdim.

Bu muvaffaqiyatdan ko'p o'tmay, Pekin-2008 XXIX yozgi olimpiya o'yinlarida finalgacha etib bordim. U erda yaponiyalik Satoshi Ishiga qarshi chiqib, kumush medal sovrindori bo'ldim. Tan olish kerak, yaponiyalik polvon texnik jihatdan kuchli edi. Bu yutug'im mamlakatimiz Prezidenti tomonidan munosib taqdirlandi va menga “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni topshirildi.

Rossiya Federaciyasining Tyumen shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatida faoliyatimdagi eng yorqin natijalardan birini qo'lga kiritdim, yani jahon chempioni bo'ldim. Bu juda ham masuliyatli musobaqa edi. CHunki, Tyumenga Olimpiada sovrindori sifatida borgan edim. CHempionatda 27 nafar kuchli polvon orasida finalgacha etib bordim. Ukrainalik Kirill Beleckiy, Franciyadan Mate Torel, yaponiyalik Xiroki Tachiyama, yarim finalda Janubiy koreyalik Kim Sung Minlar bilan bahs olib bordim. Finalda Evropa chempioni, vengriyalik Barna Bor ustidan ishonchli g'alabaga erishdim va jahon chempionatining oltin medali sohibiga aylandim.


OSIYO O'YINLARI

- Qitamiz Olimpidasi ham men uchun sharafli musobaqa. 2002 yil Pusanda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida kumush, Doxa-2006 va Incheon-2014da bronza medalni qo'lga kiritdim. 2004 yil Almati va joriy yil Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatini hisobga olmaganda, barcha qitaviy birinchiliklarda oltin medalni qo'lga kiritganman.

2003 yil Janubiy Koreyaning Tegu shahrida o'tkazilgan Butunjahon talabalarining yozgi universiadasida +100 va mutloq vazn toifalarida oltin medalga loyiq, topilganman.

YANA KATTA SPORTDAMAN

- 2014 yildan boshlab katta sportga qaytdim. Xalqaro dzyudo federaciyasi reytingi uchun ochkolar jamg'arishni boshlab yubordim. Albatta, bu men uchun muhim edi. CHunki, aybimni yuvishim, yana Olimpiadada ishtirok etib, o'z mahoratimni ko'rsatishim lozim edi. Natija yomon bo'lmadi. O'tkazilgan barcha Gran-Pri va “Katta dubulg'a” musobaqalarida kerakli ochkolarni jamg'arib bordim. To'g'ri, birdaniga yana katta sportga moslashish qiyin kechdi. SHu sababdan sovrinli o'rinlarni egallay olmagandirman. Ammo, muxlislarim ko'z o'ngida Abdulla polvon davri o'tmaganini ko'rsatish uchun bor harakatimni qildim.

2014 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tkazilgan XVII Osiyo o'yinlarida jamoadoshlarim Mirzohid Farmonov va Ramziddin Saidov bilan birga bronza medalini qo'lga kiritdim. 2015 yilning may oyida Kuvaytda o'tkazilgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz bitta oltin, ikkitadan kumush va bronza medalni qo'lga kiritdi. O'ttizdan ziyod davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan chempionatda 100 kilogrammdan og'ir bo'lgan dzyudochilar bellashuvida g'alaba qozondim.


SHu yilning aprelida Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatida o'z vaznimda bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsam, jamoaviy bellashuvlarda sheriklarimiz bilan oltin medalga sazovor bo'ldik.

SHu yilning iyun oyi boshida Xalqaro dzyudo federaciyasi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxatini elon qildi. Ular orasida +100 kg vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qiladiganlar safida bor ekanimdan xursand bo'ldim. Endi maqsadimni qatiy amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Yurtimizda sportni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Muhtaram Prezidentimiz biz sportchilarga ishonadi va bu ishonchni oqlash uchun jiddiy harakat qilmog'imiz kerak. Tarkibimiz juda ham yosh. Ikki karra olimpiada sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirov (-66 kg), bundan tashqari, Mirali SHaripov (-73 kg), SHerali Jo'raev (-90 kg), Soib Qurbonov (-100 kg), Diyorbek O'rozboev (-60 kg), SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg), SHahzodbek Sobirov (-81 kg) va Gulnoza Matniyozova (-70 kg) kabi jamoadoshlarimiz bilan birga Olimpiada sari yo'l olamiz.

O'ylaymanki, bu galgi musobaqa jamoamizga kutilmagan natijalarni taqdim etadi. Ular faqat g'alabalardan iborat bo'lishini xohlardim!

Manbalar asosidaDilafro'z RAHMONOVA tayyorladi

“NewsArena” gazetasining 2016 yil 22-sonidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing