28 okt 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Menejer Isroil Madrimovning holati haqida xabar berdi
The Ring portali prof boksning super yarim o'rta vazn toifasidagi reytingini yangiladi.
Ushbu vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov reytingda uchinchi o'rinda qayd etildi. Madrimovning menejeri Aliko Frolov esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Madrimov tez orada yana birinchi raqam bo'ladi. U har doimgidanda tajribaliroq, yaxshiroq va kuchliroq", deb yozgan Frolov.
Avvalroq, promouter Eddi Xirn Isroil Madrimovning 2026 yil boshida jang qilishi haqida xabar bergandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar