28 okt 16:36
Yangiliklar
Boks/MMA
"Avvaliga jahlim chiqdi. Lekin..." Gan Aspinall bilan jang haqida gapirdi
UFC jangchisi Siril Gan Tom Aspinall bilan bo'lgan jang to'xtatilganda nimani his qilganini gapirib berdi.
Ushbu jang Gan tomonidan raqibning ko'ziga tasodifan qo'lini tiqib olishi sababli "o'tkazilmagan jang" sifatida etirof etilgandi.
"Avval jahlim chiqdi, chunki jang to'xtashini istamagandim. Keyin xafalik va afsus hissi tuydim. SHundan so'ng muxlislar uchun afsuslandim.
Bu atayin qilinmagan edi. Buning qanday hissiyot ekanini bilaman, chunki Derrik Lyuis bilan bo'lgan jangda u meni ko'zimga qo'lini tiqib olgandi. O'shanda bir raund davomida ikki Derrikni ko'rgandim. SHu sababli raqibning holatini juda yaxshi tushunaman", — deb yozadi Sportskeeda portali Ganning so'zlarini.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar